Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, depressiya, ongni chalkashishi, oriyentatsiyani buzilishi, gallyutsinatsiyalar, tirishishlar, dezoriyentatsiya, periferik nevritlar – qo‘l-oyoqlarda paresteziyalar, uvishish hissi, falajlar.
Ko‘rish a’zolari tomonidan: ko‘ruv nervini retrobulbar yallig‘lanishi, ko‘rish nevropatiyasi, ko‘rish o‘tkirligini bir tomonlama yoki ikki tomonlama pasayishi, ranglarni farqlash qobiliyatini buzilishi (asosan, yashil va qizil ranglarni), markaziy yoki periferik skotomani rivojlanishi, ko‘rish maydonini cheklanishi.
Bunday buzilishlarni rivojlanishi davolash kursini davomiyligi va ko‘rish a’zolarining avvalgi yoki mavjud kasalliklariga bog‘liq.
Nafas tizimi tomonidan: yo‘talni kuchayishi, balg‘amni ajralib chiqishini qiyinlashishi va uning qovushqoqligini oshishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtahani yo‘qolishi, og‘izda metall ta’mi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin sohasida og‘riq, anoreksiya.
Allergik reaktsiyalar: anafilaksiya, teri toshmalari (shu jumladan, dermatit), qichishish, Stivens-Djonson sindromi.
Laborator ko‘rsatkichlar: qon zardobida siydik kislotasi, jigar transaminazalari darajasini oshishi, trombotsitopeniya, leykopeniya, eozonofiliya, neytropeniya.
Boshqalar: bo‘g‘imlarda og‘riq, tana xaroratini oshishi, podagrani zo‘rayishi, siydik kislotasi diatezi, interstitsial nefrit, miokardit, perikardit.