IMPRESSIONIZM (frans. impression — taassurot) — sanʼatda 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida hukm surgan yoʻnalish. Impressionizm vakillari mavjud borliqni harakatda, oʻzgarishda tabiiyroq tasvirlashga, oʻz laxzalik taassurotlarini ifodalashga intilib, tasvirning jonli, haqqoniyligiga erishgan. Voqelikning tabiiyligi, inson va muhit birligida uning doimiy oʻzgaruvchanligi ifoda etildi.
Dastlab 1860-y. larda fransuz rangtasvirida vujudga kelgan. E. Mane, K. Mone, O. Renuar hayotdan olgan bevo-sita jonli taassurotlarini tasodifiy harakat, favqulodda holatlar ifodasida namoyon etdilar. Manzara, portret, koʻp shaklli kompozitsiyalarda ras-somlar tomonidan dastlabki taassurotlar kuchi va sofligi, betakror xususiyatlari mayda detallariga beril-masdan tasvirlandi. Impressionistlar ilk bor zamonaviy shahar hayotining serqirra koʻrinishlarini yaratib, asarlarida shahar manzarasi va undagi odamlar qiyofasida uning oʻziga xosligini aks ettirdilar. K. Mone, E. Dega, K. Pissarro, A. Sisley kabi manzara ustalari oʻz asarlarini ochiq havoda ishlab quyosh nuri jilosini, tabiatning rang-barang boʻyoklari boy maj-muasini yorqin aks ettirdilar, plener ularning asarlaridagi kundalik ohan-glarga quyosh nuri b-n toʻyingan, bay-ramona kayfiyat baxsh etgan.
Yetuk Impressionizm asarlari yorqinligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. Impressionizm xususiyatlari neoimpressionizm va postimpressionizmda taraqqiy etdi. Amerikada J. Uistler, Germaniyada M. Liberman, L. Korint, Rossiyada K. A. Korovin, I. E. Grabar va b. ijodi Impressionizm rivojiga hissa boʻlib qoʻshildi. 1880 — 1910-y. larda Impressionizm koʻp rassomlar ijodiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Bu vo-qelikni yangi tomonlarini oʻzlashtirishda, plener usullarini egallashda namoyon boʻldi. Impressionizm qoidalari haykaltaroshlikda turli darajada oʻz aksini topdi. Haykaltaroshlardan fransuz O. Roden, italiyalik M. Rosso, rus P. P. Trubeskiy, A. Golubkina va b. oʻz asarlarida harakatni, harakat paytida shakl oʻzgarishlarini ifoda etdilar.
Impressionist rassomlar ijodi oʻzbek rangtasvir sanʼati rivojida ham oʻz ifodasini topdi. Oʻzbekistonlik rassomlar L. Bure, O. Tatevosyan, P. Benkov, 3. Kovalevskaya, A. Mirsoa-tov va b. ijodida shu taʼsir seziladi.
Musiqada — I. Fransiya kompozitorlari ijodida 1880—90 y. larda paydo boʻlgan (K. Debyussi, keyinchalik M. Ravel, P. Dyuka va b.). 20-a. boshidan Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham tarqalgan (Ispaniyada M. de Falya, Italiyada O. Respigi, A. Kazel-la, Polshada K. Shimanovskiy va b.). Musikiy Impressionizmga tabiat manzaralari, tash-qi dunyo hodisalarini kuzatish jarayo-nida yuzaga kelgan his-tuygʻularni, no-zik ruhiy holatlarni aks ettirish xosdir. Asarlar tembr va garmoniyaning rang-barangligi, shakl rivojining erkinligi, ritmikasining beqarorligi bilan ajralib turadi.
Adabiyotda — I. ning bir necha us – lubiy yoʻnalishlari kuzatiladi. «Psixologik Impressionizm» yoʻnalishida yaratilgan asarlar, ayniqsa, mashhur. Garchi bu yoʻnalishning asoschilari aka-uka Gonkurlar hisoblansada, yangicha shakldagi ruxiy taxlillarga boy asarlarni K. Gamsun, T. Mann, S. Sveyg, ayniq-sa, M. Prust ijodida koʻplab uchratish mumkin.
20-a. oʻrtalariga kelib Impressionizm uslub sifatida oʻz umrini tugatgan boʻlsada, turli mamlakatlar ijodkorlari orasida bu yoʻnalishda asarlar yaratayetgan yoxud ijodiy evolyutsiyasining muayyan bosqichida unga ergashgan yozuvchilar topiladi. Xususan, oʻzbek adiblaridan X. Doʻstmuhammad («Koʻz qorachigʻidagi uy», «Jajman» va b.), N. Eshonqul («Maymun yetaklagan odam» va b.) ijodida shu yoʻnalishning taʼsiri seziladi.