IMOMQULIXON

IMOMQULIXON ibn Dinmuhammadxon (1589—1650) — oʻzbek davlatchiligi tizimidagi ashtarxoniylar sulola-sini boshqargan Buxoro xonligi xukmdori (1611—42). Vali Muhammadxon Erondan olib kelgan qoʻshinga qarshi Buxoro xalqining kurashiga rahbarlik qilib qozoqlar yordamida eroniylarni tor-mor keltirgan. Sungra 1611-y. Sirdaryoning quyi oqimidagi hududlarga yurish qilib isyonkor qozoq, qalmoq, qoraqalpoqlarni boʻysundirgan. Imomqulixon 1612-y. Toshkentni egallab oʻgʻli Iskan-darni hokim etib tayinlagan, ammo, shahar aholisi uning nojoʻya xattiharakatlaridan norozi boʻlib isyon koʻtarib Iskandarni oʻldirgan. Bundan gʻazablangan I. Buxoro, Balx va Badaxshon viloyatlaridan qoʻshin yigʻib kelib, Toshkent aholisini qirgʻin qilgan (q. Toshkent qirgʻini). Buxoro xonligida ichki nizolar juda kuchli boʻlgan. Toshkent, Balx, Samarqand viloyatlari ochiqdanochiq markaziy hokimiyatga qarshi siyosat yurgizishardi. Imomqulixon bu kurashlarga barham bergan. Imomqulixon darvishlarni qoʻllabquvvatlagan, atrofiga olimlar va shoirlarni toʻplagan, oʻzi ham sheʼrlar yozgan. Koʻchmanchilar bilan olib borilgan muvaffaqiyatli janglar natijasida u 30 yildan or-tiq hukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatda markaziy davlat hokimiyati kuchaygan. Hindiston, Eron va Rossiya bilan elchilik munosabatlarini oʻrnatgan. Rossiyaning josus elchisi I. D. Xoxlov 1620—22 y. larda Buxoroda boʻlgan. Imomqulixon koʻr boʻlib qolgach, taxtni ukasi Nadr (Nodir) Muhammadga topshirgan (1642). Oʻzi hajga ketib, oʻsha yerda vafot etgan.

Ad.: Muhammad Yusuf Munshi, Mukimxanskaya istoriya, T., 1956.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x