IMOMALIYEV

IMOMALIYEV Abduvali (1931.5.12, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani, Burchmulla qishlogʻi — 1993.12.4, Toshkent) — biolog olim, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi FA (1991), VASXnil (1978), Ukraina, Belorussiya Qishloq xoʻjaligi FA (1992) akad., biol. fanlari d-ri (1967), prof. (1968). ToshDUning b iol.tu pro qshunoslik f-tini tu-gatgan (1955). Oʻzbekiston FA Genetika va oʻsimliklar fiziologiyasi intida ilmiy xodim (1958—59), Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi intida lab. mudiri (1960-y. dan; 1964—68 y. larda direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari), Toshkent qishloq xoʻjaligi in-ti rektori (1968-75), VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimida akad. kotib (1975—76), boʻlim Prezidiumi raisi (1990—91). SoyuzNIXI direktori (1976-83), «Soyuzxlopok» IIB bosh direktori (1983—86), «Biolog» IIB lab. mudiri, bosh direktori (1987—1990). Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi FA Prezidenta (1991-1993).

Ilmiy ishlari oʻsimliklar defoliatsiyasi va desikatsiyasi, oʻsimliklarda meva shakllanishi va toʻkilishi fiziologiyasi, gʻoʻzada hosil toʻplanishi, oziqlanish jarayonlari, paxta tolasi sifatini oshirish, paxtachilikda defoliantlar, desikantlar, gerbitsidlar, oʻsishni boshqaradigan kimyoviy moddalarni qoʻllash va nazariy asoslash masalalariga bagʻishlangan. Oʻzbekistonning paxtachilikda erishgan ilmiy va xoʻjalik yutuqlarini koʻpgina xorijiy mamlakatlarda takdim etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).

As: Defoliantы i ix fiziologicheskoye deystviye na xlopchatnik, T., 1969; Biologicheskiye osnovы regulirovaniya plodoobrazo-vaniye xlopchatnika, T., 1974.

Ad.: Abduvali Imamaliyevich Imamaliyev. Materialы k bibliografii uchenыx Oʻzbekistana, T., 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x