IMMUNOLOGIYA INSTITUTI

IMMUNOLOGIYA INSTITUTI, Oʻzbekiston FA Immunologiya instituti — i. t. muassasasi. Sobiq ittifoq Sogʻliqni saklash vazirligi Immunologiya in-tining filiali sifatida tashkil etilgan (1985); 1991-y. dan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga, 1994-y. dan Oʻzbekiston FAga qarashli mustaqil in-t. In-tda molekulyar genetika, immunogenetika, immunopatologiya, immuno – va allergodiagnostika lab. si va klinika bor. In-tda, asosan, immun tanqisligi va immunologik holatning Oʻzbekiston aholisi oʻrtasida tarqalishi oʻrganiladi, immunogenetik tadqiqotlar olib boriladi, immunitetni rostlab, asliga keltiruvchi yangi dori-darmonlar va usullar ishlab chiqiladi. Bulardan tashqari, Oʻzbekistonda sogʻlom aholida va koʻp uchraydigan kasalliklarda immunogenetik markerlar tahlilini, virusli gepatit V va S, OITS va yuqumli kasalliklarni molekulyar genetika jihatidan oʻrganish borasida AQSH, Buyuk Britaniya va Yaponiya olimlari bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy izlanishlar olib boriladi. In-t qoshida «Tibdiagnostika» va «Universal immunotest» kichik korxonasi mavjud. In-tda 36 ilmiy xodim, shu jumladan 4 fan d-ri va 15 fan nomzodi bor (2002). Har yili immunologiya va allergologiyaning dolzarb masalalariga oid ilmiy ishlar toʻplami (hoz. 10 jild nashr etilgan), 1999-y. dan boshlab «Nazariy va amaliy tibbiyot jurnali» nashr etilmoqda. Immunologiya instituti «Immunologiya va odamning yoshi» (1987), va OITS (1989), «Oʻzbekiston xalq xoʻjaligida immunogenetika va biotexnologiya yutuklari» (1995) mavzuidagi konferensiya va simpoziumlar, shuningdek, immunologal lergologlarning 1 syezdini (1991) oʻtkazishda faol qatnashgan. In-tda har yili yosh olimlar va soha mutaxassislarining ilmiy anjumani utkazib turiladi. Immunologiya institutida olib borilgan i. t. ishlari N. H. Abdullayev, M. N. Rizayev, R. M. Ruziboqiyev va b. olimlar faoliyati bilan bevosita bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x