IMMUNLI NAV

IMMUNLI NAV — q. x. oʻsimliklarining kasallikni butunlay yuqtirmaslik (immunitet) xususiyatiga ega boʻlgan navi. Immunli nav oʻsimliklari kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni yengish va ular ajratadigan zaharli moddalarni zararsizlantirish qobiliyati (himoya reaksiyasi) ga ega boʻladi. Bunda oʻsimliklar kasallikka mutlaqo chalinmaydi yoki kasallik qoʻzgʻatuvchilar organizmda kasallanish jarayonini qoʻzgʻatishga ulgurmasdan, yuqish davrining boshidayoq nobud boʻladi. Navlarda immunitet koʻpincha mazkur tur, turkum yoki oilaga mansub oʻsimliklarda parazitlik qilmaydigan kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarga qarshi paydo boʻladi. Immunli nav yaratish boʻyicha seleksiya ishlari duragaylash asosida olib boriladi. Q. x. ekinlarining kasalliklarga chidamli navlarini yaratishda koʻproq tur ichidagi duragaylashdan foydalaniladi. Bunda seleksioner har xil kasalliklarga (vertitsillez va fuzarioz vilt, ildiz chirishi, gommoz) turli darajada chidamlilikka ega navlar bilan ish olib boradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x