DO`STLARGA ULASHING:
Immunitetni ko‘tarishga yordam beruvchi ichimliklar?
Ko‘pchiligimiz kuz va qish mavsumida shamollab qolsak, isitmani tushirish, immunitetni ko‘tarish maqsadida darrov dori ichishga harakat qilamiz. Biroq bunday paytda tabiiy ichimliklar doridan ko‘ra samaraliroq ta’sir qiladi. Xo‘sh qanday ichimlklarni ichish sovuq ob-havoda salomatlikni asrashga yordam beradi?
?Ko‘k choy
Ko‘k choy tarkibidagi ayrim moddalar organizmda viruslar rivojlanishining oldini olishini, lyutein, zeaksantin hamda C, Ye darmorndorilari ko‘z kasalliklarini samarali davolashi, kofein esa terini qarishdan asrashini ko‘rsatdi. Qadimgi Sharq hakimlari ham buni bir necha yuz yillar avval qo‘lyozmalarida qayd etishgan.
?Limon sharbati
Limon sharbatining o‘zini icha olmaydiganlar unga ozgina shakar, suv aralashtirishlari mumkin. Uning tarkibida terini zamburug‘ va ekzemalardan saqlovchi, organizmda immunitetni ko‘tarishga xizmat qiluvchi ishqor va kislotalar darajasini me’yorlashtiruvchi moddalar mavjud.
⭕️Lavlagi sharbati
Lavlagi sharbati qon bosimini tushirishga, jismoniy faollikni oshirishga yordam beradi. Agar u olma yoki sabzi sharbati bilan aralashtirilsa, foydaliligi yanada oshadi.
?Kivi sharbati
Kividagi A, C, Ye darmondorilari immunitetni oshirish bilan birgalikda organizmni kletchatka va kaliy bilan ta’minlaydi.
?Brokkoli sharbati
Brokkoli karami beta-karotin, kalsiy, kaliy hamda B1 va C darmondorilariga boyligidan tashqari oqsilning ham makoni. U tanada osteoartrit paydo bo‘lishining oldini oladi. Brokkoli suvi pomidor sharbati bilan aralashtirib ichilsa, prostata saratonining oldini ham olar ekan.
?Sabzi sharbati
Olimlar sabzining ko‘z uchun juda ham foydali mahsulot ekanligini bir ovozdan ma’qullashadi. Undagi oqsil, uglevod, yog‘, beta-karotin, C, B1 va B2 darmondorilari, temir, natriy va fosfor immunitetni kuchaytirish bilan birgalikda jigar va ichakni ham turli kasalliklardan himoya qiladi.