IMMERSION SUYUQLIKLAR (lot. immersio — tushish) — kristall va amorf holdagi moddalarning sindirish koʻrsatkichi «p» ni aniqlashda qoʻllaniladigan suyukliklar. Tahlil qilinayotgan modda (100—500 mkm li) zarralarini «p» maʼlum boʻlgan Immersion suyuqliklarga tushirib, mikroskop ostida tekshiriladi. Taxlil qilinayotgan modda «p» b-n I. s. «p» teng boʻlgan taqdirda faza chegaralari koʻrinmaydi, «p»lar har xil boʻlganda ikki faza oraligida rangsiz tiniq chiziq koʻrinadi (Bekke chizigʻi). «p» maʼlum boʻlgan Ix. ning toʻplamidan foydalanib qattiq moddalar «p»i aniqlanadi. «p»dan tashqari, Immersion suyuqliklar yordamida optik oʻklar oraligʻidagi burchakni, optik oʻklar sonini va baʼzi b. kristallooptik tavsiflarni aniqlash ham mumkin.
Immersion suyuqliklar toʻplami tarkibiga izoamil spirt, neftning yengil haydaluvchi va kerosinning 220—240° da qaynovchi fraksiyalari, o – xlornaftalin, di-yodmetan, oltingugurtning diyodmetandagi eritmasi va b. kiradi. Baʼzi Immersion suyuqliklar bir necha suyukliklarni aralashtirib olinadi. Bunda oltingugurt, sulfidlar, glitserin, suv va b. dan foydalaniladi.