IMKONIYAT VA VOQELIK

IMKONIYAT VA VOQELIK — narsa va hodisalar rivojining asosiy bosqichlarini ifodalovchi falsafiy tushunchalar. Voqelik hozir real mavjud boʻlib turgan narsa, hodisalardir. Lekin bu narsa va hodisalar rivojlanish jarayonida birdaniga hoz. holatida boʻlmay imkoniyat tarzida paydo boʻlgan, ular oʻzining muayyan kelib chiqish davriga, tarixiga ega. Voqelik paydo boʻlishdan oldin imkoniyat tarzida mavjud boʻladi.

Imkoniyat voqelikning kurtak xrlidagi koʻrinishi, hali yuzaga chiqmagan voqelikdir. Imkoniyat voqelikni keltirib chiqaruvchi, rivojlanishning obyektiv va subyektiv shartsharoitlaridan iboratdir. Imkoniyat hali amalga oshmagan, lekin yuzaga chiqishi mumkin boʻlgan, voqelikka aylana oladigan hodisadir. Imkoniyatning voqelikka aylanishi rivojlanish jarayonini ifodalaydi.

Imkoniyat va voqelik va v. tushunchalarini tadqiq qilishda Gegelning xizmati katta. Uning taʼlimotiga koʻra, Imkoniyat va voqelik va v. birbiri bilan uzviy bogʻliq, imkoniyat potensial voqelikdir, uning vokelik-ka aylanishi muayyan zaruriyat asosida boʻladi. Gegel bu tushunchalarni zaruriyat va tasodif, mohiyat va hodisa tu-shunchalari b-n uzviy munosabatda olib tekshiradi. Imkoniyat birdan vokelik-ka aylanmaydi. U eski voqelik bagʻrida rivojlana boradi va muayyan shartsharoitlar paydo boʻlgach, voqelikka aylanadi. Imkoniyat reallasha borgan sari uning mavjud eski voqelik bilan kurashi keskinlashib boradi. Shunga koʻra, formal (rasmiy), abstrakt (mavhum) va real imkoniyatlarni bir-biridan farq qilmoq kerak.

Formal imkoniyat faqat fikriy izchillik jihatdangina toʻgʻri boʻlgan, lekin real asosga ega boʻlmagan istak shaklidagi imkoniyatdir. U obyektiv rivojlanish qonunidan kelib chiqmay-di, shuning uchun hech qachon voqelikka aylanmaydi.

Abstrakt imkoniyat amalga oshishi uchun hali yetarli shartsharoitlar yetishmagan, lekin amalga oshishi qonuniy boʻlgan narsa va xrdisalarning oʻzgarish va rivojlanish mantiqidan kelib chiquvchi imkoniyatdir. Abstrakt imkoniyat rivojlanish jarayonida, muayyan shartsharoitlar yetilganda real imkoniyatga aylanadi. Real imkoniyat amalga oshishi uchun barcha zarur shartsharoitlar mavjud boʻlgan imkoniyatdir. Real imkoniyat doim aniq xarakterga ega.

Imkoniyat bilan voqelik oʻrtasida dialektik bogʻlanish mavjud. Bu bogʻlanish avvalo Imkoniyat va voqelik va v. ning bir-biriga oʻtib turishi. Imkoniyatning maʼlum shartsharoitlarda voqelikka aylanishi, voqelikning esa yangidan-yangi imkoni-yatlar yaratishida ifodalanadi. Imkoniyatning voqelikka aylanishi tabi-atda oʻzoʻzidan, stixiyali ravishda amalga oshadi. Jamiyatda esa imkoniyatning voqelikka aylanishi uchun obyektiv shartsharoitlardan tashqari subyektiv omillarning roli katta. Mas, hozirgi davrda Oʻzbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida ravnaq topishi uchun hamma tabiiy va ijtimoiy shartsharoitlar va imkoniyatlar mavjud. Ammo bu imko-niyatlar oʻz-oʻzidan respublika musta-qilligini mustahkamlashda oʻz samara-sini bermaydi, yaʼni voqelikka aylanmaydi. Buning uchun shu imkoniyat va shartsharoitlarga suyanib, rejalar asosida faol amaliy ishlarni bajarmogʻimiz lozim.

Har doim kishilar oʻzlarining amaliy faoliyatida real imkoniyatlarga suyanib ish yuritsalargina oʻz maqsadlariga erishishlari mumkin. Buning uchun mavjud real imkoniyatlarni toʻgʻri hisobga olish va ularni vokelikka aylantirish yoʻlida barcha subyektiv omillarni safarbar kila bilish muvaffaqiyat garovi hisoblanadi.

Abdulla Ayupov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x