Ilyosov Yavdat Xasanovich

Tarjimai hol

Ilyasov Yavdat Xavanovich — Sovet yozuvchisi, O‘rta Osiyo va O‘rta asr tarixi mavzusidagi asarlar muallifi.

1929 yilning 16 fevral kuni Boshqiristonda tug‘ilgan.

Badiiy asarlarni rus tilida, publististik asarlarini boshqir, rus, tatar va o‘zbek tillarida yozgan.

Beloretsk shahridagi pedagogika bilim yurtini tamomlagan, podachi, traktorchi, payvandchi, nonvoy, chizmachi, rassom-bezakchi, klub va kutubxona boshqaruvchisi bo’lib ishlagan; shuningdek, maktabda o‘zbek tili, chizmachilik, rasm fanidan dars bergan. 1952 yildan Ufaning “Leninchi” gazetasida adabiyot va san’at bo‘limi mudiri, tarjimon va muxbiri, “Toshkent haqiqati”, “O‘zbekiston komsomolchisi”, “O‘zbekiston jismoniy tarbiyachisi” gazetalarida adabiy xodim, “Sharq yulduzi” jurnalining she’riyat bo‘limi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

1982 yilning 19 iyun kuni Toshkentning Komsomol ko‘lida cho‘milib, fojiaviy o‘lim topadi.

Asarlari

• Tarixiy qissa va romanlari “Yoy va oftob” (1954), “G‘azab yo‘li” (1956), “Sug‘diyona” (1959), “O‘lim dog‘i” (1964), “Qora xotin” (1966), “Oltin sanam” (1973), “Anaxitlar qasosi” (1984); romanlar “Ilon o‘rgatuvchi” (1979) va “Sukunat minorasi” (1982), Umar Hayyom haqida va boshqalar.

• She’lari, hikoyalari, tatar, boshqir, o‘zbek va rus tillaridagi ocherklari.

• Boshqir, o‘zbek, qoraqalpoq, koreys, qrim-tatar shoirlarining tarjimalari.

Ilyasov kitoblarining umumiy adadi 23 mln. nusxadan ortiq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x