ILYOS

ILYOS — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Ilyos oʻz qavmi Baʼl nomli oltindan yasalgan butga sigʻinib, zalolatga botgach, ularni hidoyat yoʻliga daʼvat etish uchun paygʻambar qilib yuboriladi. Ammo ular daʼvatni kabul qilmaydilar. «Bani Isroil»ni hido-yat yoʻliga sola olmay umidlari uzilgan Ilyos parvardigordan oʻz jonini olib, mashaqqatdan xalos etishni soʻraydi. Alloh unga qavmini isloh qilish kjlatilganligini, binobarin jonini olmay, oʻrniga soʻragan narsasini muhayyo etishni vaʼda qiladi. Ilyosga 3 yilgacha yomgʻir yogʻdirish-yogʻdirmaslik ix-tiyori beriladi. Qurgʻoqchilik boshlanib xalq qahatchilikka uchraydi, begunoh hayvonu qushlar ham nobud boʻlib, daraxtlar quriydi. Shundan soʻng qavmning iltijosi bilan Ilyos va Alyasa (as) Allohga yolvorib duo qilgach, koʻkda bu-lut paydo boʻlib yomgʻir yogʻadi. Xiyonatkor qavm esa yana aqdini buzib zalolat yoʻliga kiradi. Rivoyatda Ilyos pirovardida samoga kutarilib ketgani aytiladi. Bibliyadagi Iliya toʻgʻrisidagi hikoyatlarda ham shunday mazmun bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x