ILVIRS, qor qoploni (Uncia uncia) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon. Ilvirslar urugʻining yagona turi. Tanasining uz. 103 — 130 sm, dumi 80—105 sm. Leopardga oʻxshash, lekin juni kulrang-sargish qoramtir xolli boʻlishi bilan undan farq qiladi. Yungi qalin va paxmoq boʻladi. Markaziy va Oʻrta Osiyoning baland togʻli hududlarida 2000 m balandlikda, doimiy muzliklar chegarasida uchraydi. Qishda birmuncha pastroqqa — ignabargli daraxtzorlar mintaqasiga tushadi. Kun botish b-n, baʼzan kunduzlari faol boʻladi. 1—5 tagacha, odatda, 2—3 ta bola tugʻadi. Togʻ tuyokli xayvonlari (asosan, togʻ qoʻylari), baʼzan quyon, sugʻur kabi hayvonlar bilan oziqlanadi. Soni va turi toʻxtovsiz qisqarib bormoqda. Xalqaro va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые