ILOQIY

ILOQIY Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf (?, Iloq — 1068) — oʻrtaosiyolik tabib, Ibn Sinoning shogirdlaridan. Buxoroda taʼlim olgan. Tib va tib tarixiga oid «Kulliyoti tibbi Iloqiy» («Iloqiy tabobati haqidagi risolalar toʻplami»), «Fusul Iloqiy fi kulliyot tibb» («Tabobat xaqidagi risolalar toʻplamida Iloqiy boblari»), «Muolajati Iloqiy» («Iloqiyning davo usullari»), «Muxtasari Iloqiy» («Iloqiy muxtasari») kabi asarlar yozgan. «Kitob ul-asbob val-alomot» («Sabablar va belgilar haqida kitob») asarida turli kasalliklarning kelib chiqishi, sabablari, belgilari, ularni aniqlash va davolash usullari bayei ztilgan. Buasarning qoʻlyozmasi Bayrut va Iskandariya ku-tubxonalarida saqlanadi. Iloqiy ningasarlari oʻz davrida tabiblar uchun muhim qoʻllanma boʻlgan. Hind olimi Muhammad Aʼzamxon Chashtiy tabobatga oid «Iksiri Aʼzam» («Aʼzam obi hayoti») asarini yozishda Iloqiy asarlaridan foydalangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x