ILONCHISOY

ILONCHISOYJizzax viloyati Forish tumanidagi soy. Nurota tizmasining sharqiy tarmogʻi — Qoʻytosh togʻlarining shim. yon bagʻridan (1500 m) boshlanuvchi 15 ga yaqin kichik irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Shim. yoʻnalishda oqadi. Uz. 32 km, havzasining mayd. 47 km2. Boshlanishida Oqbuloqsoy deb, Oqtepa qishlogʻi yonida unga Yomchisoy qoʻshilgach, Ilonchisoy deb ataladi. Xonbandi togʻini kesib oʻtgach, Uchquloch shaharchasidan 1 km shim. gʻarbda tugaydi. Ilonchisoy qor, mavsumiy yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Yillik oqimning 70—80% mart — aprelda oqib oʻtadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 200—250% l/ sek. Ilonchisoydan sugʻorishda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x