ILOILO — Filippindagi shahar. Iloilo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 366 ming kishi (2000). Panay o. ning jan.-gʻarbiy sohilidagi port. Shakar eksport qiladigan markazlardan. Kema remonti, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari bor.
16—17-a. larga oid (Ispaniya mustamlakachiligi davridagi) meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.