ILMIY UNVON — oliy oʻquv yurt lari oʻqituvchilari va i. t. institutlari ilmiy xodimlarta beriladigan unvon. Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlarida dotsent va professor, i. t. muassasalarida katta ilmiy xodim, prof. Ilmiy unvonlari joriy etilgan. Prof., dotsent va katta ilmiy xodim unvoni ilmiy darajasi boʻlgan va oliy oʻquv yurti yoki i. t. muassasasida pedagogik yoki i. t. ishlarini bajarish jarayonida yetarli malaka koʻrsatgan shaxslarga oliy oʻquv yurtlari va i. t. institut ilmiy ken-gashlari tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan beriladi.
Loading…