Bu janrning atoqli vakili Jyul Vern (1828–1905) romanlarini “ilmiy”, boshqa bir mashhur yozuvchi Herbert Uells esa “fantastik” deb hisoblagan. Rus olimi, fan targʻibotchisi Yakov Perelman 1914 yili “Vaznsiz oshxonadagi nonushta” nomli hikoya eʼlon qiladi va uning janrini “ilmiy fantastika” deb belgilaydi.
Perelmanga qadar shunga oʻxshash atamani taniqli rus yozuvchisi Aleksandr Kuprin ishlatgan. U “Rediard Kipling” (1908) nomli maqolasida Herbert Uells va boshqa mualliflarning asarlarini “ilmiy fantastik sayohatlar” deb atagan.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 6-sonida chop etilgan.
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/ilmiy-fantastika-atamasi-qanday-paydo-bolgan/