ILIYESKU Ion (1930.3.3, Oltenitsa) — Ruminiya davlat va siyosat arbobi. Buxarest politexnika in-tini tugatgan. 1946—67 y. larda Ruminiya Kommunistik yoshlar ittifoqi MK, talaba kommunistlar assotsiatsiyasi ittifo-qida turli lavozimlarda ishlagan. 1957-y. dan Oliy milliy majlis deputata. 1967—71 y. larda Ruminiya kommunistik yoshlar ittifoqi MK birinchi kotibi va yoshlar ishlari boʻyicha vazir. 1968-y. dan Ruminiya KP MK aʼzosi. 1971-y. dan Ruminiya KP MK kotibi. 1974—79 y. larda uyezd partiya komitetlarida ishlagan. 1979—84 y. larda suv xoʻjaligi milliy kengashi raisi, hukumat aʼzosi. N. Chaushesku siyosatiga karshi chiqqanligi uchun 1984-y. Ruminiya KP MK tarkibidan, Oliy milliy majlis deputatligidan chiqarilgan. Ilmiy-texnika adabiyotlari nashriyoti direktori boʻlib ishlagan. 1989-y. 26 dek. dan N. Chaushesku agdarilgandan keyin tuzilgan Milliy qutqarish fronti kengashi raisi, 1990-y. 13 fev. dan Muvaqqat milliy kelishuv kengashi raisi. 1990—96 y. va 2000-y. dek. dan Ruminiya prezidenta. ,
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые