Tarjimai hol
Nikolay Ilin — taniqli o‘zbek shoiri, yozuvchisi, adabiyotshunos. 2011 yil Nikolay Ilin O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan uchun yashaylik» adabiy tanlov g‘olibi bo‘lgan.
Nikolay Dmitriyevich Ilin 1950 yil Rossiyaning Chelyabinsk viloyati, Zlatoust shahrida tug‘ilgan. Oilasi bilan Toshkentga ko‘chib keladi va shu yerda o‘rta maktabni va Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlaydi.
Professional filolog, o‘qituvchi va uslubchi, shuningdek 20 yil mobaynida Toshkent davlat pedagogika instituti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rus tili va adabiyotidan talabalarga dars bergan (1975-1997 yillar). Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, 60 dan ziyod tarix va adabiyot nazariyasiga oid ilmiy nashrlar, dars o‘tish uslublari muallifi. Hozirgi kunda u ilmiy-uslubiy “Til va adabiyot sabog‘i” jurnalida bo‘lim muharriri lavozimida ishlaydi.
Nikolay Ilinning “Kuz belgisi ostida”, “Kichik ipak yo‘li” (Toshkent), “Kronos” (Daugavpils, Latviya), “Dunyo yodda saqlaydi uni” (Moskva), “Xalqlar do‘stligi” kabi she’rlari almanaxlarda nashr etilgan. Uning qalamiga 5 ta to‘plam mansub: “Birinchi daftar” (2004), “Qalb ohangida” (2005), “Vaqt izminida” (2006), “Xotira orzusi” (2008), “Hazonrezgi izidan” (2010).
Nikolay Ilinning adabiy ijodida tarjimalar va o‘zbek zamonaviy adabiyoti tadqiqotlari alohida o‘rin egallaydi. So‘nggi ikki yil davomida u tomonidan Go‘zalbegimning “Barq urgan yaproq soyasi”, Oygul Suyundiqovaning “Men baxtli qush kabi parvozdaman”, Sirojiddin Sayyidning “Jo‘g‘rofiya mening qalbimda”, Abdulla Ahmad Muhammad Alining “Bepoyon dunyo” she’rlari tarjima qilingan. Pahlovon Mahmud va shoir Ulug‘bek Hamdamning she’rlari nashr uchun tayyorlab qo‘yilgan.