ILI QOʻZGʻOLONI

ILI QOʻZGʻOLONI (1864-66) – Xitoydagi taypin qoʻzgʻoloni taʼsirida Sharqiy Turkistondagi tungan va uygʻurlarning milliy ozodlik harakati. 1863-y. oxirida Ili jonjuni (volisi) ga tunganlarni qirib tashlash haqida Pekindan yuborilgan maxfiy koʻrsatma qoʻzgʻolonga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon tezda bostirilib, uning rahbarlari qatl etildi. Biroq, xalq harakati toʻxtamadi. 1864-y. okt. da Ili aholisi ustma-ust soliklarga qarshi Abdu-rasul Hakimbek rahbarligida yana qoʻzgʻolon koʻtardi. Qoʻzgʻolonchilar Gʻul-janing xitoylar yashaydigan mahalla-siga toʻsatdan kechasi hujum qilib, koʻp qurol-aslahalarni oʻlja oldi. Tezda Tikas, Chilpanza qoʻrgʻonlarini ishgʻ-ol qildi. 1865-y. 20 dek. da Bayandoy qalʼasi portlatildi. 1866-y. boshlarida manjur askarlarining asosiy qismi joylashgan Gʻulja qalʼalari ham qoʻlga olindi. Shunday qilib, 1866-y. 23 yanv. da Ili oʻlkasining barcha tumanlari manjurlardan tozalandi. Ili qoʻzgʻoloni davomida uygʻur va tunganlarning mustaqil davlati — Ili sultonligi tu-zilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x