ILHOMOV

ILHOMOV Anvar (1946.20.8, Toshkent) — naqqosh, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1983). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1963 — 68), ToshPI ning meʼmorlik f-tini tugatgan (1973). Toshkentdagi kulollik tajriba z-di (1967—77), «Usto» birlashmasi (1977—80) da naqqosh, ijodiy guruh rahbari (1980-y. dan). Ilhomov zamonaviy binolarni anʼanaviy na-qshlar bilan bezashda kulollik buyumlari, naqqoshlik, yogʻoch oʻymakorligi sanʼatining uygʻunligiga erishdi. Naq-qoshlikda unutilgan kundal usulini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Naqshlar mujassamotida esa ranglarning bir-biriga mayin bogʻlanishini taʼminladi. Toshkentdagi Xalqlar Doʻstligi saroyining banket zali (1980), «Dilorom» (1980), «Yulduz», «Sirdaryo» qahvaxonalarini, Toʻqimachilar madaniyat saroyi (1987), Guliston sh. dagi Sirdaryo teatri (1985), Germaniyaning Ganover sh. dagi «Turkiston» restorani (1992), Toshkentdagi «Turkiston» saroyi (1995), Temuriylar tarixi davlat muzeyi (1997), Imom Buxoriy majmuasi (1998), Quva sh. dagi Ahmad Fargʻoniy majmuasi (1998) va b. binolarni bezadi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1997).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x