ILGARILANMA HARAKAT

ILGARILANMA HARAKAT — qattiq jismning eng sodda harakati; bunda jism sirtidan oʻtkazilgan istalgan toʻgʻri chiziq (mas, AV toʻgʻri chiziq, rasm) shu jismning harakati vaqtida oʻziga oʻzi parallel harakatlanadi. Boshqacha aytganda Ilgarilanma harakat — qattiq jismning qamma nuqtalari bir xil trayektoriya chizib harakatlanishi. Ilgarilanma harakat qilayotgan qattiq jismning hamma nuqtalari oʻzaro parallel trayektoriyalar chizadi, har bir nuqtasi tezlik va tezlanish, yoʻnalish va miqsor jihatdan har doim bir-day boʻladi. Shuning uchun Ilgarilanma harakat qilayotgan qattiq jismdagi hamma nuqtalarning harakatini tekshirib oʻtirmasdan biror nuqtasining harakatini tekshirish kifoya. Demak, qattiq jismning Ilgarilanma harakat kinematikasi nuqta kinemati-kasidan farq qilmaydi (q. Kinematika).

Yoʻlning toʻgʻri chizikli qismidagi harakat, mas, teplovoz shatuni, gʻildirak oʻqlari, porshenlar va b. harakati Ilgarilanma harakat dir. Mas, mexanizmning AV va CD krivoshiplari aylanganda VS sterjen Ilgarilanma harakat qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x