Ikrom Iskandar 1972 yil 10 sentyabrda Jizzax viloyati Doʻstlik tumanida tugʻildi. Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida tahsil oldi.
Uning ilk sheʼr va maqolalari 4-sinfda oʻqiyotgan kezlari tuman gazetasida, soʻngra respublika bolalar nashrlarida chop etila boshladi.
Ijodiy faoliyatini Gʻallaorol tuman gazetasida boshlab, soʻngra “Oila va jamiyat”, “Maʼrifat” gazetalarida xizmat qildi.
2008 yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul vazifada ishlab keladi.
Oʻtgan yillar davomida “Bir dasta gul” (1994), “Bahorni izlayman” (1995), “Bugungi naqllar” (2005), “Yomgʻirli fasl” (2006), “Hangoma va naqllar” (2008), “Yashil xirgoyi” (2010), “Fasllar ohangi” (2013) nomli sheʼriy va nasriy kitoblari chop etildi.
Shoirning “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” haftaligida (2015) eʼlon qilingan Navoiy asarlari mutolaasidan ruhlanib yozilgan “Mumtoz ohanglarda” nomli turkumi oʻziga xos voqea boʻlganini taʼkidlash joiz. Ikrom Iskandarning yangi “Shamol qoʻshigʻi”(2015) sheʼriy kitobi sheʼriyat muxlislariga munosib sovgʻa boʻldi.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.
https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/ikrom-iskandar-1972/