IKONOSKOP

IKONOSKOP (yun. eikon — tasvir va… skopiya) — tasvirni uzatuvchi dast-labki televizion trubkalardan biri. Ishi optik tasvirlarni televizion signallarga aylantirish uchun elektr zaryadlarni toʻplashga asoslangan. Ikonoskopni 1931-y. da rossiyalik S. I. Katayev va amerikalik V. K. Zvorikin bir-biridan mustaqil ravishda taklif qilishgan. Ikonoskop birinchi marta tasvirni bevo-sita uzatishga imkon bergan. Ikonoskopda yorugʻlik oqimi obyektidan (optik tizim orqali) yorugʻlik sezgir nishon — mo-zaikali slyuda plastinkaga tushib, uning sirtida elektr zaryadlarini tegishlicha. tarqatadi, yaʼni potensial relyef hosil qiladi. Nishon bir-biridan izolyatsiyalangan bir necha mln. dona mitti fotokatodlardan iborat. Uning ikkinchi tomoniga metall patlami (signal plastinka) surkalgan. Har bir fotokatod shu plastinka bilan birgalikda kondesatornp tashkil qiladi. Elektron-nur nishondagi mozaikani maʼlum tartibda aylanib oʻtib, har bir kondensatorni zaryadsizlaydi. Natijada tasvirning yoritilganligiga mos kuchlanishga ega boʻlgan elektr signallar xreil boʻladi, bular kuchaytirgichga uzatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x