IKKI PALLALI OʻSIMLIKLAR

IKKI PALLALI OʻSIMLIKLAR, ikki urugʻpallalilar (Dicoty-ledones) — yopiq urugʻli (gulli) oʻsimliklar sinfi. Ular ikki urugʻpallali murtakka ega (nomi shundan). Barglarining toʻrsimon tomirlanishi, poya va ildizlarida alohida toʻqima-kambiy boʻlishi va koʻpincha, gullari 5 yoki 4 aʼzoli tipdaligi bilan tavsiflanadi, kambiy poya va ildizlarning yoʻgʻon tor-tishini taʼminlaydi. Ular oʻtlar, da-raxtlar, butalardan iborat. Ikki pallali oʻsimliklar gulli oʻsimliklarning 360—370 ta oila-siga mansub 175 mingdan ortiq turini oʻz ichiga oladi. Ikki pallali oʻsimliklarning hali xamma tomonidan qabul qilingan umumiy sistemasi yoʻq, ularning kelib chiqishi va filogenetik bogʻlanishi aniqlanmagan. Ikki pallali oʻsimliklar tuproq va iqlim sharoiti har xil boʻlgan juda koʻp joylardaoʻsadi. Ikki pallali oʻsimliklarning katta-kichikligi, shakli, morfologik-anatomik tuzilishi, shuningdek, koʻpayish organlarining tuzilishi nihoyatda xilma-xil.

Ikki pallali oʻsimliklar Yer sharining hamma joyida uchraydi. Ikki pallali oʻsimliklar orasida kartoshka, noʻxat, lavlagi, qovun, tarvuz, uzum, olma, gʻoʻza, kungaboqar kabi muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan oʻsimliklar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x