IKKI KOMPONENTLI SISTEMALAR

IKKI KOMPONENTLI SISTEMALAR, qoʻsh sistemalar, binar sistemalar — ikki mustaqil tarkibiy qism (komponent)dan iborat fizik-kimyoviy sistemalar. Ikki komponentli sistemalarni oʻrganish komponentlarning bir-biriga qanday taʼsir koʻrsatishini aniqlashga yordam beradi. Bu oʻzaro taʼsir holat diagrammasi orqali ifodalanadi. Diagrammaning absissalar oʻqiga komponentlarning konsentratsiyasi (miqdori), ordinatalar oʻqiga fazaviy oʻzgarishlar t-rasi qoʻyiladi. Oʻzaro taʼsiriga qarab, komponentlar suyuq va qattiq holatlarda birbirida xar qan-day nisbatda eriydigan yoki shu holatlarda maʼlum chegaragacha eriydigan, kimyoviy birikmalar hosil qiladigan, suyuq holatda bir-birida erimaydigan yoki qisman eriydigan sistemalarni tashkil etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x