Ikki do‘st o‘rmonda aylanib yurganlarida to‘satdan ayiqqa duch kelib qolishibdi. Ulardan birinchisi shoshib daraxtga chiqib olibdi va ayiqning changalidan qutulib qolibdi.
Ikkinchisi esa, hech narsa qo‘lidan kelmasligini bilib, o‘zini o‘lganga solib yotib olibdi.
Ayiq yerda yotgan kishining oldiga kelib, qulog‘ini hidlabdi. Hatto uni turtib ham ko‘ribdi. Kishini o‘lgan deb o‘ylab, unga tegmasdan ketib qolibdi.
Ayiq ketgach, haligi kishining do‘sti daraxtdan tushib kelib:
— Do‘stim, ayiq qulog‘ingga nima deb shivirladi? — deb so‘rabdi.
— U menga: qiyinchilik paytida tashlab ketadigan do‘st bilan sayohatga chiqishni yaxshilab o‘ylab ko‘rmabsan-da, dedi, xolos, — deb javob beribdi do‘sti.
Qissadan hissa: Do‘stlik qiyinchilikda sinaladi.