Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham to’lov qiladimi?

Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham to’lov qiladimi?

Kimlar to’lovni amalga oshiradi?

Ma’lumki, test sinovi o‘tkaziladigan yildan avvalgi yillarda maktab, kollej, liseyni tugatganlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy stavkaning yarim baravari – 122 ming 500 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishi kerak.
O‘tgan yillarda ushbu to‘lovdan faqat kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar ozod qilinar edi. Ammo joriy yilda qaysi yo‘nalishga hujjat topshirganidan qat’i nazar, barcha abituriyentlar 3 ta fandan majburiy test topshiradi.
Shunga ko‘ra, faqat kasbiy (ijodiy) imtihoni bor yo‘nalishga topshirgan abituriyentlar ham 122 ming 500 so‘mlik to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan

— joriy yilda maktab, kollej, liseyni tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x