Idishlarni tozalash piratik yo’llari

Oshxonadagi har qanday idish-tovoqlarning uzoq xizmat qilishi garovi — erinchoqlik qilmasdan vaqtida tozalab qo’yish. Аyniqsa, birorta idishingiz kuygan yoki ovqat tagiga olgan bo’lsa, uni tozalashga erinib qolasiz. Lekin bu noto’g’ri.

Bugunki kunda texnologiyalarning rivojlanishi oqibatida oshxona anjomlarini tozalash osonlashgan. Ya’ni, bir tomondan ajoyib yuvish vositalari ishlab chiqarilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, idish-tovoqlar ham tez toza bo’ladigan qilib chiqarilmoqda. Аgar teflon qoplamali yoki zamonaviy shisha idishlar bo’lsa, ularni tozalash oson, ammo «buvimdan qolgan» cho’yan tova va qozonlarni tozalashda ozgina tadbirkorlik talab etiladi.

Masalan, cho’yan tova yoki qozonni yuvishdan 15 daqiqa oldin uning ichiga suv solib, ustidan kir sovun bo’lagini to’g’rab qo’shib, so’ng qaynatib olsangiz, qozon yoki tova oson tozalanadi.

Аlyuminiydan qilingan idishlarni esa sovun va nashatir spirti bilan yaxshi tozalash mumkin. Qozon yoki kastryulkaning qoraygan devorlarini sirkali suv bilan qaynatish ham ularni yaltiratadi. Yana bir usul: oddiy o’chirg’ich ham alyuminiy idishdagi har qanday kirni ketkaza oladi.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x