IDEALIZM

IDEALIZM (yun. idea soʻzidan) — falsafadagi asosiy oqimlardan biri; ong, ruh, tafakkur birlamchi, materiya, tabiat, borliq ikkilamchi deb talqin etuvchi qarashlar tizimi. Materializmning muqobili. Idealizmning obyektiv va subyektov shakllari bor. Obyektiv Idealizm dunyoning asosida inson ongidan tashqarida va unga bogʻliq boʻlmagan holda gʻayritabiiy ruhiy ibtido (gʻoya, olamiy akl) yotadi, deb hisoblaydi. Bunday taʼlimotning yirik namoyandalari antik falsafada Platon, Plotin, Prokl; yangi davrda — G. V. Leybnis, F. V. Shelling, G. V. F. Gegel boʻlgan. Subyektiv Idealizm inson ongidan tashq-aridagi obyektiv reallikni inkor etib, fakat subyektiv sezgilar mavjud, deb biladi. Bu gʻoya J. Berkli, D. Yum, Idealizm Fixte taʼlimotida yaqqol ifodalangan. Ruhiy ibtido kanday tushunilishiga qarab Idealizmning xilma-xil koʻrinishlarini bir-biridan ajratish mumkin; olamiy akl (panlogizm) yoki olamiy iroda (volyuntarizm), yagona ruhiy substansiya (idealistik monizm) yoki koʻpdan-koʻp ruhiy birinchi unsurlar (plyuralizm), aklan, mantiqan anglanadigan ibtido (idealistik ratsionalizm), sezgilarning hissiy xilma-xilligi (idealistik empirizm va sensualizm, fenomenalizm) ilmiy bilish obyekti boʻla olmaydigan, qonuniyatga boʻysunmaydigan, mantiqqa zid ibtido (irratsionalizm).

Odatda, «idealist» (ideal soʻzidan) tushunchasi olijanob maqsadlarga intiluvchi begʻaraz odamga nisbatan ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x