IDEAL KRISTALL — zarralari (atomlar, molekulalar, ionlar) fazoda qatʼiy muayyan tartibda joylashgan va fazoviy simmetriya xossasiga ega boʻlgan mukammal strukturali qattiq jism; kristallarning ideallashtirilgan modeli. Tuzilishi jihatdan tabiiy kristalldan farq qiladi. Tabiiy kris-tallda turli nuqsonlar — dislokatsiya, boʻsh joylar, kirishmalar va h. k. mavjud boʻlib, qatiy muayyan strukturali boʻlmasligi ham mumkin. Kristall pan-jara tebranishlari ham zarralar strukturasi tartibini buzadi. Ideal kristall tushunchasi kristallografiya va qattiq jismlar nazariyasida keng qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые