IDDA, iddat al-marʼa (arab. — maʼlum vaqt, ayollar uchun belgilangan muxlat) — shariat boʻyicha eri oʻlgan yoki eridan ajrashgan xotinlar boshqa erga chiqishi uchun oʻtishi shart boʻlgan muhlat. Bunday ayollarga Idda oʻtmaguncha erga chiqish taqiklangan: beva uchun Idda 4 oy-u 10 kun, eridan ajralishgan ayol uchun 3 oy belgilangan. Muxlatning belgilanishi Qurʼonga asoslangan holda shariatga kiritilgan boʻlib, ayolning ajralgan yoki oʻlgan eridan homilasi bor yoki yoʻkligini aniqlash bilan boglik boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые