Ichan qalʼa — Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik.

Ichan qalʼa qurilishida Xiva meʼmorlari Oʻrta Osiyoda qadimdan qoʻllanib kelgan uslub — inshootlarni roʻparama-roʻpara qurish uslubi («qoʻsh»)dan foydalanishgan.

Xivaning ichki qalʼa (Shahriston) qismi. Ichan qalʼa shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qalʼa)dan baland qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. Ichan qalʼaga 4 darvoza (Bogʻcha dar-voza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan.

Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qalʼada. Undagi meʼmoriy yodgorliklarning yaratilish tarixi, asosan, 4 davrga taalluqli: birinchisi Xorazmning qadim davridan to moʻgʻullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Koʻqna arkning gʻarbiy devori, qalʼa devorining shimoliy sharqiy burchagidagi qadim davrga mansub burj va qalʼa devori qoddiqlari saklanib qolgan. Ikkinchisi Xorazmning 1220 yildagi moʻgʻullar istilosidan keyin tiklanish davri. Bu davrda Sayid Alovuddin maqbarasi va boshqa mahobatli binolar qurilgan. Uchinchi davri 16-17-asrlarga toʻgʻri keladi. Shu paytda (Abulgʻozixon va Asfandiyorxon hukmronlik davri) Ichan qalʼada Anushaxon hammomi (1657), peshayvonli Oq masjid (1675), Xoʻjamberdibek madrasasi (1688) kabilar bunyod etildi, Koʻhna ark istehkomlari mustaqkamlandi, koʻrinishxona (xonning qabulxonasi) qurildi (1686-88). Buxoro bilan Eron oʻrtasida Xiva xonligi uchun boshlangan urush natijasida (18-asrning 1-yarmi) Ichan qalʼa va, umuman, Xiva shaxri qattiq shikastlandi (Xiva bir qancha vaqt Eronga tobe viloyat boʻlib turdi).

Toʻrtinchi davri 18-20-asrlarni oʻz ichiga oladi. Bu davrda Oʻrta Osiyo mahalliy meʼmorligi anʼanalari asosida masjid, Madrasa, tim va toqilar qurildi. Ota darvozadan Polvon darvozagacha katta yoʻl oʻtkazildi. 18-asr oxirida Juma masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora qad koʻtardi. Ichan qalʼaning haroba devorlari tiklandi, bir qancha imoratlar taʼmir qilindi. 1840-12 yillarda ikki qavatli Kutlugʻ Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va toqilar qurildi. Muhammad Rahimxon (1806-25), Olloqulixon (1825-42), Muhammad Aminxon (1845-55) hukmronligi davrida Ichan qalʼada qurilish avj oldi. Muhtasham saroy, Madrasa, maqbaralar barpo etildi: Koʻhna arksat saroy qurilishi tugallandi. Yangi va katta Tosh hovli saroyi qurildi. Polvon darvozaga yaqin qoʻrgʻon devorining bir qismi buzilib, oʻrniga Olloqulixon karvon saroyi, madrasasi va timi qurildi, xalq ijodining ajoyib namunasi Pahlavon Mahmud maqbarasi qad koʻtardi. Arab Muhammadxon va Musa Tura madrasalari ham shu davrda yaratildi. Muhammad Aminxon Ichan qalʼaning gʻarbiy qismiga — Koʻhna ark yoniga Kalpsh minor nomi bilan mashhur boʻlgan minora qurdirdi. Bu minora garchi bitkazilmay qolgan boʻlsada, Ichan qalʼa mujassamotida katta oʻrin tutadi.

Ichan qalʼa qurilishida Xiva meʼmorlari Oʻrta Osiyoda qadimdan qoʻllanib kelgan uslub — inshootlarni roʻparama-roʻpara qurish uslubi («qoʻsh»)dan foydalanishgan. Olloqulixon madrasasi bilan Qutlugʻ Murod Inoq madrasasi, Shergʻozixon madrasasi bilan Pahlavon Mahmud maqbarasi shu uslubda qurilgan. Ichan qalʼa meʼmorligining yana bir oʻziga xos xususiyati binolarning alohida ansambl holida qurilganligi. Mas, Juma masjid yonidagi ikkita kichik Madrasa, Muhammad Amin Inoq va Matpanoboy madrasasi hamda Matniyoz devonbegi madrasasi ancha yirik ansambldir. Polvon darvoza oldidagi bir necha masjid va madrasalar, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi oʻziga xos ansamblni tashkil etadi. Qutlugʻ Murod Inoq bilan Olloqulixon madrasasi, Tosh hovli bilan Oq masjid oʻrtasidagi maydoncha shu ansamblning mujassamot markazidir.

Ichan qalʼa meʼmoriy yodgorliklari yogʻoch oʻymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Ichan qalʼa ansambli meʼmoriy yodgorlik sifatida muhofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan (1961). 1990 yildan Ichan qalʼa Butun jahon yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x