ICHAK SHIRASI

ICHAK SHIRASIichak shilliq par-dasining bezlaridan ajralib chiqadigan hazm shirasi; rangsiz yoki och sariq suyuqlik, ishqoriy xususiyatga ega. Ovqatning ichak devoriga taʼsir etishi natijasida va baʼzi kimyoviy moddalar taʼsirida vaqt-bevaqt ajralib turadi. Bir sutkada 2,5 l gacha Ichak shirasi ajraladi; u quyuq va suyuq qismlardan iborat boʻlib, katalitik faollikka ega. Ichak shirasi tarkibida uglevod, yogʻ va oqsillarni parchalaydigan 20 dan or-tiq turli fermentlar: aminopolipeptidaza, dipeptidaza, lipaza, nuklea-za, amilaza va b. bor. Ingichka I. sh. ovqatni hazm qilishda katta ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x