DO`STLARGA ULASHING:
Ich qotishi (qabziyat)da qo‘llaniladigan dori vositalari…
🚫Qabziyat-najasning ikki sutka va undan ortiq ichaklarda ushlanib qolishi.
Nima sababdan qabziyat kelib chiqadi…
👉O‘simlik mahsulotlari va suyuq ovqatlarni kam iste’mol qilish
👉Defekatsiya refleksining susayishi
👉Qariyalarda qorin mushaklari faoliyatini susayishi
👉Ichaklar innervatsiyasini buzilishi
Qanday dori vositalari qo‘llaniladi…
💊 Dyufalak- tarkibi laktuloza bo‘lib, yog‘on ichak kislotaligini oshiradi va peristaltikani stimullaydi.
💊 Bionoks-kombinatsiyalangan preparat bo‘lib, barcha turda qabziyatda qo‘llash mumkin.
💊 Senadeksin-preparat asosi Sano barglari bo‘lib, peristaltika susayganda va yog‘on ichak atoniyasida qo‘llaniladi.
💊 Bisakodil-tarkibi bisakodil bo‘lib, qabziyatni simptomatik davolash uchun 1-2 tab.dan kuniga bir marta ichishga buyuriladi.
💊 Pikolaks-tarkibi natriy pikosulfat bo‘lib, qabziyatni simptomatik davolashda kuniga 1 tab.dan qo‘llaniladi.
💊 Sena-mig- asosi sano barglari quruq ekstrakti bo‘lib, gemorroy va yog‘on ichak bilan bog‘liq qabziyatlarda 1 tab.dan bir mahal qo‘llaniladi.
💊 Sano barglari quruq ekstrakti-qaynatma ko‘rinishida 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichishga buyuriladi.
💊 Magniy sulfat kukuni- eritma ko‘rinishida surunkali qabziyatlarda qo‘llaniladi.