IBROHIMBEK, Ibrohimbek laqay, Mulla Muhammad Ibrohimbek Chaqaboy toʻqsabo oʻgʻli (1889, Dushanba atrofidagi Koʻktosh qishlogʻi — 1932.31.8, Toshkent) — Shoʻro xukumatiga qarshi kurash harakati raxbarlaridan biri. Ibrohimbek maqalliy madrasada saboqolgan. 1919-y. da Hisor begi huzurida qilgan xizmatlari evaziga qorovulbegi, keyinchalik Buxoro amiri tomonidan devonbegi, toʻpchiboshi va lashkarboshi lavozimlariga koʻtarilgan. Sobiq amir Olimxon 1921-y. boshlarida Ibrohimbekni butun qoʻshinlariga qoʻmondon qilib tayinlagan. Buxoro qoʻrboshilarining qurultoyi (1921.17.09) da Ibrohimbekka «Islom lashkarboshisi» degan unvon berilgan. U qisqa muddat ichida 10.000 nafardan ortiq askar toʻplab, Koʻlob, Baljuvon, Qorategin, Darvoz, Hisor viloyatlarini qizil qoʻshindan tozalagan. 1922-y. Dushanba sh. ni bosqinchilardan ozod etishda qatnashgan. 1923-y. bahorda Ibrohimbek qoʻl ostida faqat Sharqiy Buxoroda 47 ta qoʻrboshi dastalari harakat qilar, as-karlarining soni Hisorning oʻzida 20000 kishi edi. 1923-y. yozida u Hisor vodiysi va Panj daryosi atrofida qator muvaffaqiyatli qarbiy harakatlarni oʻtkazdi. 1925-y. yanv. da Ibrohimbek Surxon vohasida, Sherobod — Boysun atroflarida shoʻro qoʻshinlariga qarshi mu-vaffaqiyatli kurash olib borgan.
Oʻrta Osiyo respublikalari tuzilgach, Ibrohimbek Tojikiston va Oʻzbekistonning, asosan, togʻlik viloyatlarida kurashni davom ettirgan. 1926-y. 21-iyunda keskin janglardan soʻng Afgʻoniston hudu-diga oʻtib ketgan. Ibrohimbek 1926 — 29 y. larda Kobul yaqinidagi Qalʼai Fotuda — sobiq amir Sayd Olimxonning qarorgohida yashagan. Ibrohimbek boshchiligidagi muho-jirlar Afgʻonistondagi siyosiy kurashga, harbiy mojarolarga qatnashishga majbur boʻlishgan (1928—29). 1928-y. ning oxirlarida I. Kobuldan Shim. Afgʻonistonga kelib, oʻz mavqeini mustahkamladi.
1929-y. 15 apr. — 31-mayda sovet qoʻshinlari Afgʻonistonga bostirib kirdi. Sovet qoʻshinlari 19 apr. Mozori Sharifni, 22 apr. da Toshqoʻrgʻon shaharlarini bosib olishdi.
1930-y. 24—25-mayda qoʻrboshilar qurultoyi chaqirilib, boʻlgʻusi jang harakatlari va chegaraning turli nuqtalaridan Tojikiston SSR hududiga oʻtish masalalari kelishib olindi. Ibrohimbek SSSRga qarshi yalpi hujum muddati qilib 3 iyul kunini belgiladi. Birok josuslar orqali bu rejadan vo-qif boʻlgan sovet rejimi rahbarlari zudlik b-n qarshi zarba uyushtirdilar. 1930-y. 20-iyunda 2-marta Afgʻonistonga bostirib kirishdi. Bir hafta davom etgan janglarda Ibrohimbekning 839 jangchi-si, shuningdek, koʻplab tinch aholi vakillari oʻldirildi. Kuchlar teng boʻlmagan jangda Ibrohimbek magʻlubiyatga uchrab, oʻzining yaqin safdoshi Oʻtanbek qoʻrboshi va qarbiy kuchlari bilan Qora Botir togʻlariga chekindi.
1931-y. boshlariga kelganda Ibrohimbek oʻz harakatini faollashtirib, muhojirlarning tarqoq kuchlarini yana birlashtirdi. Ibrohimbek 1500 kishilik saralangan qoʻshini va 8 ta qoʻrboshisi bilan 1931-y. 30-martda Tojikiston Respublikasi hududiga kirgan. Ibrohimbek qoʻshini bilan shoʻro askarlari oʻrtasida apr. —iyun oylarida shiddatli janglar boʻlgan. 12-iyunda Oqbosh togʻidagi soʻnggi jangda Ibrohimbek yaralanib, magʻlubiyatga uchragan. 1931-y. 23-iyunda chekistlar tomonidan qoʻlga olinib, Toshkentga olib kelingan. 1932-y. mart oyida Ibrohimbek sud qilinib, 31 avg. da qatl qilingan.
Ad: Amir Sayyid Olimxon, Buxoro xalqining hasrati tarixi, T., 1991; Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob, [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: K istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Oʻzbegim, T., 1992; Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.
Qahramon Rajabov.