Tarjimai hol
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Vitse-prezidenti (2018 yidan). O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi (2003 yildan 2017 yilga qadar).
Kimyo fanlari doktori, professor.
Supramolekulyar kimyo fanlari sohasidagi olim.
1949 yil 11 may kuni Toshkentda tavallud topgan.
1973 yil Leningrad davlat universitetini tamomlagan.
O‘zR FA Bioorganika kimyo institutida malaka oshiruvchi-tadqiqotchi, kichik, katta va yetakchi ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.
300 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 3 ta risola va 10 ta ixtiro muallifi.
3 nafar fan doktori va 12 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan.
2007 yil “Mehnat Shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
2017 yil oxirlarida unga O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademik unvoni berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vitse-prezidenti etib saylangan (2018 yildan).