IBODULLA SULTON (?—1586) – shayboniy sultonlardan, Abduplaxon II ning inisi. Iskandarxon (1563— 1583) va Abdullaxon II (1583—98) hukmronligining dastlabki yillarida Samarkand hokimi boʻlgan. 1583-y. Abdullaxon bilan oralari buzilgan, Abdullaxon Andijonda isyon koʻtargan Isfandiyor sultonga qarshi qoʻshin tortganda Ibodulla sulton s unga koʻshilishdan bosh tortgan. Doʻstum sulton (Toshkent hokimi), Isfandiyor sulton (Andijon hokimi) va Oʻzbekxon (Hisor hokimi) bilan Abdullaxonga qarshi ittifoq tuzib (1586-y. 3 avg.) I. s boshliq qoʻshin Buxoro atrofini talon-taroj qilgan. 16 avg. da fitnachilar tomonidan oʻldirilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые