IBN SINO NON HAQIDA…
🔹 Non tuzli, yaxshi oshirilgan boʻlishi, tandirda yaxshi pishirilishi, bir kechadan keyin yeyilishi kerak.
🔹 Kepaksiz non boshqa xil nonlarga qaraganda foydali boʻlib, yaxshi oziq hisoblanadi. Lekin u sekin singadi.
🔹 Yangi bugʻdoydan qilingan non tez semirtiradi.
🔹 Elanmagan undan qilingan non ichni yumshatadi.
🔹 Toza, oq undan qilingan non esa ichni qotiradi.
🔹 Oshirilgan non ichni yumshatadi, patir non esa ichni qotiradi.