IBN AL-FAQIH

IBN AL-FAQIH Abu Bakr Ahmad ibn Isʼhoq al-hamadoniy (10-a.) — oʻrta asr arab geografi, tarixchisi va muxaddisi. Hamadonda tugʻilgan. Abbosiylardan xalifa Al-Muʼtazid (892—902) va Al-Muqtafiy (902—908) davrida «Kitob axbor al-buldon» («Mamlakatlar toʻgʻrisidagi xabarlar kitobi») asarini yozgan (902—908). Uni yozishda oʻzidan oldin oʻtgan Ibn Fazlon, Abu Dulaf, Al-Johiz, Almadoiniy, Al-Balozuriy, Ibn Qutayba asarlaridan foydalangan. Asarda qitʼalar va dengizlarni, Xitoy, Hindiston, arab mamlakatlari, Vizantiyani tavsif qilgan, Oʻrta Osiyoning viloyat, shaharlari tarixi, geogr. si, turkiy xalqlar taʼrifi va ularning joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muhim ahamiyatga ega. Asarning Oʻrta Osiyoga bagʻishlangan qismini De Guye nemischaga tarjima qilib, nashr ettirgan (1885).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x