IBIKON

IBIKON — chiqish signalini kuchaytirib beradigan uzatuvchi televizion trubka. Yorugʻlik taʼsirida Ibikon fotokatodi bilan nurlatiladigan elektronlar (fotoelektronlar) elektr maydon bilan tezlatiladi va nishon sirtiga uriladi; nishon fotokatod tomoniga karatib yupka alyuminiy qoplangan dielektrik parda (plyonka) dan iborat. Alyuminiy parda katta tezlikdagi elektronlarni yaxshi oʻtkazadi. Elektronlar dielektrik pardadan oʻtganda uning elektr oʻtkazuvchanligi elektronlar soniga qarab koʻp (1000 va undan ortiq) marta kuchayadi. Bu hodisa uygʻotilgan oʻtkazuvchanlik deyiladi. Qaramaqarshi tomonidan dielektrikning barcha pardasi elektron nur bilan zaryadlanadi; bunda nur televizion tasvirni potensiallari bir xil boʻlgunga qadar yoyadi. Ibikon turli televizion apparatlarda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x