HUSNIXAT

HUSNIXAT (chiroyli yozuv) – chiroyli yozish sanʼati. Arab xati turlari (kufiy, nasx, suls, nastaʼliq va b.) musulmon Sharqining yirik madaniy markazlarida keng tarqaldi hamda taraqqiy etdi. Husnixatni oʻrganish asosida 2 — «nazariy» (mashhur xat-totlarning yozuvlaridan nusxa koʻchirish) hamda «xayoliy» (turli yozuvlarni oʻrganish va qiyoslash) uslubi yotadi. Xattotning asosiy ish qurollari — qora va rangli siyoh, qogʻoz, qamish-qalam, mistar, davot (qalamdon), juzgir va qalamning uchini tekislash uchun pichoq. Xattotlar matn bilan birga meʼmoriy yodgorliklar (kitobalar), qogʻoz, mato va h. k. ga bezaklar ham yaratganlar. 19-a. oxirlariga kslib . shtografiyaning paydo boʻlishi bilan Husnixatning ahamiyati pasaya boshladi. 20-a. 2-yarmidan kitobat sanʼatini qayta tiklashga urinishlar Husnixatning qayta jonlanishini taʼminladi (yana q. Xattotlik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x