HUSAYN

HUSAYN ibn Ali (626-680) – Ali ibn Abu Tolibning (Fotimadan tugʻilgan) kichik oʻgʻli, Muhammad (sav) ning nabirasi, 3-shia imomi. 669-y. da Hasan vafot etgandan keyin Ali tarafdorlari uni oʻz rahbari deb eʼlon qilgan. 680-y. xalifa Muoviya oʻlgandan keyin Iroqda umaviylarga qarshi harakat faollashgan. H. Yazidga bayʼat qilishdan bosh tortgan. Kufa shialari Husaynni oʻzlarining imomi deb tan olib, Kufaga taklif etgan va xalifa Yazidga qarshi qoʻzgʻolonga bosh boʻlishni soʻragan. H. Makkadan Kufaga joʻnaydi. 70 jangchisi bilan Kufaga yaqin Karbalo dashtiga yetib kelganida 4 ming kishilik xalifa Yazid qoʻshinlari unga qarshi chiqqan. 680-y. 10 okt. kuni Husayn jangda shahid boʻlgan, jasadi oʻsha yerga dafn etilgan. Shu munosabat bilan Karbalo shialarning asosiy muqaddas ziyoratgohiga aylangan. Husayn halok boʻlgan sana shialarda motam kuni sifatida nishonlanadi (q. Ashuro).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x