HUMOYUN

HUMOYUN (1508.6.3 – 1556.27.1) – Boburiylar davlati hukmdori (1530 — 40, 1555—56). 1530-y. H. otasi Boburning Hindistondagi mulklariga ega boʻlgan. Sekin-asta Gujarot, Rajpu-tan, Malvani oʻz davlatiga qoʻshib olgan. Lekin oʻsib borayotgan ichki ni-zolar va ukalari Mirzo Komron, Mir-zo Feruz, Askariy Mirzo va Hindol Mirzolarnint mustaqillikka intilishlari davlatni zaiflashtirgan. Bundan foydalangan afgʻonlarning suriylar sulolasidan Shershoh Suriy Chausa sh. (1539) va Qanovuj sh. (1540) yaqinida Humoyun qoʻshinini yengib, Dehlini egallagan. H. Eronga qochib oʻtgan. Eronning harbiy yordami bilan Afgʻo-nistonni oʻz tasarrufiga olgan. 1541-y. ukasi Hindolning piri boʻlmish Mir Ali Akbar Jomiyning qizi Hamida Bonuga uylangan. 1542-y. Akbar tugʻilgan. Shershoh oʻlimidan keyin (1545) Shim. Hindistonda boshlangan nizolar mamlakatni siyosiy jihatdan parchalab tashlagan. Sharoitdan foydalanib H. Hindistonga yurish boshlagan va 1555-y. 27 may kuni Sirxindda boʻlib oʻtgan shiddatli jangda afgʻonlar yengilganlar. Bu gʻalaba Shim. Hindistonda 2-marta boburiylar sulolasi hukmronligining oʻrnatili-shini taʼminlagan. Humoyun oʻz kutubxonasi zinasidan tushib ketayotganda vafot etgan. H. Hindistonda bir necha maʼmuriy islohotlar oʻtkazgan. Uning davrida Mir Sayid Ali boshchiligida miniatyura maktabi yuzaga kelgan. Humoyun fors va turkiy tillarda sheʼrlar yozgan. Akbar tomonidan Dehli sh. da Humoyun maqbarasi qurilgan. Gulbadan begim Bobur va akasi H. haqida «Humoyunno-ma» asarini yozgan.

Ly..Gulbadan begim . Humoyunnoma, T., 1959; 1977; 1997.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x