HULOKU, Hulagu, Hulokuxon, Halokuxon (1217, Moʻgʻuliston — 1265.8.2, Marogʻa, Eron) — Hulokuiylar davlati va sulolasi asoschisi. Chingizxonning nabirasi, Tulixonning 4-oʻgʻli. Moʻgʻulistonda tugʻilgan. Yoshligidan harbiy yurishlarda qatnashgan. H. Ulugʻ qurultoyning qarori bilan Amudaryodan kechib oʻtib (1256), qisqa vaqt ichida hoz. Afgʻonistonning bir qis-mini, Eron, Iroq, Zakavkazye, kichik Osiyo yerlarini bosib olgan (1256 — 58). 1256-y. oʻzini mustaqil hukmdor deb eʼlon qilgan; H. nomigagina ulugʻ qoonga boʻysungan, undan elxon unvonini olgan. Huloku shomoniylikka eʼtiqod qilsa-da, boshqa dinlarni taʼqib etmagan. Ismo-iliylar davlatinn (1256) va Abbosiylar xalifaligini (1258) butunlay tor-mor qilgan. Soʻnggi xalifa — Mustaʼsimni qatl etgan. 1260-y. moʻgʻul qoʻshinlari Suriyaga bostirib kirgan, lekin Falastinda boʻlgan jangda Misr qoʻshinlari (mamluklar) tarafidan yengilgan. 1262-y. Oltin Oʻrda bilan urush olib borgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые