HULBUK

HULBUK — Xuttalon viloyatining oʻrta asrlardagi markaziy shahri (6 — 16-a. lar). Yunon-Baqtriya manbalarida Hulbissa, Xitoy manbalarida («Tanshu») «Ko-lo-kyan» nomi bilan qayd etilgan. Qizilsuv daryosining soʻl sohili (Tojikiston)da joylashgan. Mir-zatepa oʻrnida boʻlgan degan taxminlar mavjud. 10-a. da Hulbuk gavjum shahar boʻlib, koʻplab rustoqlarga ega edi. Hulbukda Xut-talon hokimi qarorgohi boʻlsada u Sagʻoniyon markazidan kichik edi. shahardagi turar joylar paxsadan qurilgan. Jome masjidi shahar oʻrtasida joylashgan. Hulbukda 9—12-a. larda kumush dirhamlar chiqaradigan zarbxona boʻlgan. 16-a. da Xuttalon Koʻlob deb atalgan, Hulbuk oʻrnida esa Qalʼai Zamm joylashgan.

LA. Kamaliddinov Sh. S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyaznchnnm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x