HUJAYRA SHIRASI

HUJAYRA SHIRASI — oʻsimlikning tirik hujayrasidagi sitoplazma ajratadigan suyuqlik; vakuolalar ichida boʻladi. Hujayra shirasi suv va kolloid eritma koʻrinishidagi turli moddalardan iborat. Hujayra shirasining yopishqoqligi suvnikidan 2-martacha ortiq. Oʻsimlikning unmayotgan urugʻ va sporalaridagi Hujayra shirasi suvsiz, una boshlaganda esa u yana suvga toʻyinadi. Yosh hujay-ralarda Hujayra shirasi kam. Tarkibi oʻsimlik turinyng oʻsish sharoiti, yoshi va hujay-ralari xiliga bogʻliq. Hujayra shirasida uglevodlar, oshlovchi moddalar, aminokis-lotalar, organik hamda anorganik kislotalar va b. bor. H. sh. hujayraning osmotik bosimi va turgor holatiga sharoit yaratadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x