HUFUF, al-Hufuf — Saudiya Arabistonining shim.-sharqiy qismidagi shahar. Aholisi 100 ming kishidan ziyod. Transport yoʻllarining muhim chorrahasi: Jidda — arRiyod — Rastannura avtomagistral yoʻlidagi transport manzili. T. y. stansiyasi. Sement z-di bor. Xurmoga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojlangan: hajga boruvchilar uchun maxsus kiyim-bosh (ihrom kiyimi) tikiladi, movut toʻqiladi, kumush va oltin buyumlar tayyorlanadi. Hufufning gʻarbida yirik Gavar neft konlari bor (mam-lakatda qazib olinadigan neftning 1/2 qismini beradi).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые