Hozirjavoblik

Ustozning bir kitobiga dastxat yozdirsam, shirin tilaklar bitib, odatdagidek, “E VOH” deb imzo chekdi.

– Agar, “E V” deb qoʻl qoʻysangiz, yanayam boshqacha boʻlarkan, – deya hazilomuz gap yumalatdim. – “E V”ni oʻzimizcha yoymalasak, “El Vijdoni” degan maʼno chiqadi.

Erkin aka bu lutfdan zavqlanib jilmayish bahonasida, bir-ikki sekund oʻylanib olgan boʻldi-yu, darhol javob qaytardi:

– Mundoq qaraganda, siznikiyam chakkimas – A O! Bu – alohidalikni bildiradigan “Avtonom Okrug” degani.

 

Anvar OBIDJON

 

“Yoshlik”, 2017 yil 10-son

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/hozirjavoblik/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x