Hozirjavob shoir

Chustiy domla haftada, oyda bir kelib, gazetalarga sheʼr tarqatib ketardilar. Har kelganlarida albatta bizning tahririyatga ham kirar, yangi gʻazallaridan oʻqib berar, yaxshilaridan tanlab olib qolar edik. Hozirjavoblik, badihagoʻylik u kishining eng ajoyib fazilatlaridan edi. Bir safar ikki-uch marta kelib, meni topolmabdilar. Shunda eshik tirqishiga shu ruboiyni qistirib ketibdilar:

 

Eshigingiz berku zanjir koʻrmadim,

Bu muammo bagʻrida sir koʻrmadim.

Mulla Nasriddin ukam, siz qaydasiz,

Ikki keldim, loaqal bir koʻrmadim.

 

Boshqa safar esa bir shogirdlaridan anchagina sheʼr berib yuboribdilar. Ularning ustidagi qogʻozga shu bayt bitilgan edi:

 

Tanlab oling darkoriniyu qaytaring bekorini,

Sizga boʻlsin gullariyu bizga tashlang xorini.

 

Nosir MUHAMMAD

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/hozirjavob-shoir/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x